E’LON!
2026-02-17 11:00:00 / Vazirlik e'lonlari
❗️ Bugun "Kontrafaktsiz oy” oyligi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkaziladi
📣 Adliya vazirligi tomonidan “Kontrafaktsiz oy” oyligi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlarning mazmun-mohiyati, asosiy yo‘nalishlari hamda kutilayotgan natijalari yuzasidan matbuot anjumani o‘tkaziladi.
🔹 Anjumanda kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish, intellektual mulk huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda bu borada jamoatchilik xabardorligini oshirishga qaratilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot beriladi.
📰 OAV vakillari, blogerlar hamda jamoatchilik vakillarini ushbu tadbirda faol ishtirok etishga taklif etamiz.
📅 Sana va vaqt: 17-fevral, soat 11:00 da.
📍 Joy: Adliya vazirligining Intellektual mulk departamenti joylashgan binosi (Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Xadra, 33-uy).
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (71) 207-04-38 (1071)
