Adliya vazirligi huzuridagi Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini boshqarish kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
2026-02-11 11:30:00 / Vazirlik yangiliklari

➡️ Yig‘ilishda Jamg‘arma faoliyatini boshqarish va uning mablag‘laridan maqsadli foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
⏺ Muhokama davomida Kengash a’zolari tomonidan Jamg‘armaning 2026-yil uchun ajratiladigan mablag‘lar smetasi tasdiqlandi.
Tasdiqlangan smetaga asosan 2026-yilda jamg‘arma mablag‘lari hisobidan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga ko'maklashish, 10 nafar sud ekspertlarini xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishini ta’minlash kabi xarajatlari uchun mablag‘lar ajratilishi belgilandi.
🔹Tadbir yakunida Kengash raisi tomonidan Jamg‘arma faoliyatini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-iyuldagi PF–6256-son Farmoniga asosan Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilgan.






