Xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha aniq natijalar va yangi tashabbuslar muhokama qilindi.
2025-12-24 17:00:00 / Vazirlik yangiliklari

🔸Bugun, O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida inson huquqlari, xususan, xotin-qizlar va bolalarning huquq hamda erkinliklarini himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
🔹 So‘nggi yillarda mazkur yo‘nalishda 20 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, zo‘ravonlik va tazyiqning oldini olish bo‘yicha huquqiy mexanizmlar kuchaytirildi.
📊 Amalga oshirilgan ishlar natijalari:
– 6,5 ming nafarga yaqin xotin-qizlarning huquqiy muammolari ijobiy hal etildi;
– 41 mingdan ortiq xotin-qizlarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatildi;
– 5 mlrd so‘mdan ortiq nafaqa va ish haqi undirilishi ta’minlandi;
– 500 dan ortiq xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi;
– 1 ming nafardan ortiq shaxslar bepul kasbga tayyorlash kurslariga jalb etildi.
📊Bolalar va yoshlar huquqlari bo‘yicha:
– 1 550 ta sayyor qabul o‘tkazilib, 3,3 mingga yaqin murojaat ko‘rib chiqildi;
– 2 mingdan ortiq bola va yoshlarning buzilgan huquqlari tiklandi;
– 279 nafar shaxsning ish haqi va ustamalari undirilishi ta’minlandi;
– 655 nafariga imtiyoz va subsidiyalar qo‘llanildi.
❗️Shuningdek, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik xavfi yuzaga kelganda avtomatik xabar beruvchi raqamli yechimlarni joriy etish,
bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar bo‘yicha ochiq reyestr yuritish tashabbuslari ilgari surildi.
🔸Bundan tashqari, xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tartibga solishni kuchaytirish, xodimlarni majburiy psixologik baholashdan o‘tkazish hamda zo‘ravonlik holatlariga nisbatan muassasalarga moliyaviy javobgarlik choralarini joriy etish bo‘yicha takliflar bildirildi.
🔹 Mazkur tashabbuslar xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish tizimini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.








