Kon-geologiya vazirligi Axborot xizmatining faoliyati samaradorligi yuqori baholandi
2025-04-25 17:50:00 / Yangiliklar
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2024-yil dekabr oyiga qadar faoliyat yuritib kelgan respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining 150 nafar matbuot kotibi ish samaradorligi baholandi.

Natijalarga ko‘ra Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi Axborot xizmati 86 ball bilan eng yaxshi to‘qqizta vazirlik qatoriga kirgan, shuningdek vazirlik tizimosti korxonalari “OKMK” AJ (87,8 ball), “NKMK” AJ (87 ball) yuqori, “O‘zbekko‘mir” AJ (72,5 ball) o‘rta, “O‘zmetkombinat” AJ (68,4 ball) hamda “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ (63,3) qoniqarli deb topildi.
