Kon-geologiya vazirligi hamda uning tizimosti korxonalari “Ochiqlik indeksi – 2024”da ijobiy baholandi
2025-04-25 14:15:00 / Yangiliklar
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 2024-yil yakunlari bo‘yicha Ochiqlik indeksini e’lon qildi.

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi 2023-yildagi ko‘rsatkichga (71,7) nisbatan sezilarli o‘sishga erishib, 80,6 ball bilan yana “yashil” samaradorlik ko‘rsatkichini qayd etdi va eng yaxshi baholangan 12 ta vazirlik qatoriga kirdi.
Quvonarli tomoni, mazkur indeksda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ 91,8 ball 1-o‘rinni, “Navoiy kon-metallrugiya kombinati” AJ 89,2 ball 4-o‘rinni egallagan. Shuningdek, “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ (81,2 ball) hamda “O‘zbekko‘mir” AJ (71,8 ball) ham “yashil” toifaga kirgan.


