“O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ mutaxassislari JOGMEC vakillari bilan birgalikda Lolabuloq maydonida izlanishlar olib bormoqda
2025-04-18 17:15:00 / Yangiliklar
Yaponiyaning Japan Organization for Metals and Energy Security (JOGMEC) kompaniyasi vakillari O‘zTMK mutaxassislari bilan birgalikda Qashqadaryo viloyatida joylashgan Lolabuloq istiqbolli maydonida dala geologiya ishlarini amalga oshirmoqda.

Mang‘it va Bayankara maydonlarida yerusti izlanish ishlari olib borilmoqda.
Bu orqali geologik tuzilmalarni aniqlash, istiqbolli kon maydonlarini belgilash hamda qidiruv ishlarining keyingi bosqichlarini rejalashtirish maqsad qilingan.




