NDKTU kafedrasida kanadalik professor faoliyat olib bormoqda
2025-02-19 14:30:00 / Yangiliklar
Kon-geologiya vazirligi Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti “Metallurgiya” kafedrasida Kanadaning Saskachevan universiteti professori Shafiq Alam faoliyat yuritmoqda.

Darslar bakalavr va magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalarga ingliz tilida olib borilmoqda.
Kanadaning Saskatun shahrida joylashgan Saskachevan universitetida dunyo bo‘ylab 130 mamlakatdan 26 mingdan ortiq talaba tahsil oladi. Kelgusida NDKTU va Saskachevan universiteti o‘rtasida ilmiy stajirovka hamda talabalar almashinuvi dasturlari tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.