OKMK: Ohak zavodida quvurli aylanma pechining 2-tarmog‘i barpo etildi
2025-02-14 17:05:00 / Yangiliklar
2025-yil 14-fevral kuni “OKMK” AJ Ohak zavodida quvurli aylanma pechining 2-tarmog‘ining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu obyektning tantanali ochilish marosimida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruv raisi Abdulla Xursanov, tarkibiy bo‘linmalarning rahbarlari, mehnat faxriylari va ishchi-xodimlar ishtirok etishdi.
Ishga tushirilgan pechdan dastlabki ohak mahsuloti olindi. Mazkur pech kombinatning o‘z kuchi va mablag‘lari evaziga qurib bitkazilib, uning deyarli barcha detallari mahalliylashtirish dasturi asosida Markaziy ta’mirlash mexanika zavodida tayyorlangan.
Obyektning ishga tushishi natijasida 51 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.