“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ: O‘zbekiston texnologik metallar kombinati bilan hamkorlikdagi loyihalar muhokama qilindi
2024-10-31 16:05:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 31-oktabr kuni “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ hamda “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ va “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar atroflicha muhokama qilinib, kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi.
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ boshqaruv raisi Sh.Alimov hamda “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ boshqaruv raisi F.Abdullayev hamkorlik memorandumini imzoladilar.




