Kon-geologiya vazirligi fuqarolik huquqiy shartnoma asosida ekspert lavozimiga ochiq tanlov e’lon qiladi
2024-09-16 16:20:00 / E’lonlar
FHT shartnomasi bo‘yicha nomzodga qo‘yiladigan talablar quyidagicha:
- rus va o‘zbek tillarini bilish;
- geologiya yo‘nalishida kamida 10 yillik ish stajiga ega bo‘lish (Xalqaro tajribaga egaligi ustunlik beradi);
Tanlovda ishtirok etish niyati bo‘lgan talabgorlar belgilangan muddatlarda quyidagi hujjatlarni M.Nematov@mingeo.uz elektron manziliga yuborishi lozim:
- fuqarolik pasporti nusxasi (fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning guvohnomasi);
- diplom nusxasi;
- nomzodning mehnat faoliyati haqida ma’lumotnoma (yaqin qarindoshlari haqidagi ma’lumoti bilan birgalikda);
- vazirlikda amalga oshirishi kerak bo‘lgan FHT shartnomasi asosidagi ish faoliyati yuzasidan takliflari;
- tanlovda ishtirok etuvchining elektron pochta manzili va telefon raqami;
Rasmiy sayt va ijtimoiy tarmoqlarda tanlov eʼlonlari 5 (besh) ish kuni davomida saqlanadi yoki yangilab boriladi.
Ushbu tanlovga hujjatlar topshirish muddati 23.09.2024-y. 18:00 gacha.
