Buxoro tumanidagi “Shukrona” madaniyat markazi ham yangilandi
2024-09-30 11:20:00 / Yangiliklar

Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida jumladan, “Kunji Qal’a” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 9-son “Shukrona” madaniyat markazi ham mahalliy budjet mablag‘i hisobidan qayta ta’mirlanib, qayta jihozlandi.
Endilikda bu markazda kinozali, kutubxona, rubob, doyra, nay ijrochiligi, nutq madaniyati, an’anaviy xonandalik to‘garaklari hamda "Shukrona" folklor xalq havaskorlik jamoasi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, musiqa va san’atga yo‘naltirilgan to‘garaklarga yoshlar bilan birgalikda katta yoshli aholi vakillari ham jalb qilinmoqda.
Madaniyat markazini foydalanishga topshirish tadbirida viloyat hokimining o‘rinbosari Botirjon Shaxriyorov, tuman hokimi Anvarjon Ochilov, viloyat Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Tilavov va boshqalar ishtirok etishib, yig‘ilganlarni qizg‘in tabrikladilar.
Mazkur muassasa hudud aholisi, jumladan, yoshlar o‘rtasida madaniyat, musiqa va san’atni keng targ‘ib etish, yosh iste’dod egalarini tarbiyalashga xizmat qilishini ta’kidladilar. Madaniyat markazida san’atga qiziquvchi yoshlar uchun barcha shart-sharoit yaratilgan bo‘lib, ayni damda yoshlar qiziqqan musiqa va boshqa yo‘nalishdagi to‘garaklarda tahsil boshlangan.
Tadbirda ramziy lenta qirqilgach, yig‘ilganlar zamonaviy qiyofadagi ikki qavatli inshootda madaniyat xodimlari, musiqa va san’at shinavandalari uchun hozirlangan shart-sharoit bilan yaqindan tanishdilar.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati









