Respublikamiz bo‘ylab yangi ta'lim muassasalari foydalanishga topshirilmoqda
2025-03-26 06:00:00 / Yangiliklar

Toshkent shahri, Uchtepa tumanidagi “Mehr ziyosi” nomli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti mukammal ta’mirlandi va yangi 150 o‘rinli bino qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu maktabgacha ta'limga mazkur hududdagi 360 nafar o‘g‘il-qizni qamrab olish imkonini beradi va barcha sharoitlarga ega. Namangan viloyati, Kosonsoy tumanida 43- va 11-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotlarida qurilish-ta’mirlash ishlari yakuniga yetdi. Tadbirning ochilish marosimida mas’ullar, ota-onalar va ta’lim muassasasi jamoasi ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirdan so‘ng "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko’chatlari ham ekildi. Ma'lumot o‘rnida: joriy yil boshidan buyon Namanganda jami 7 ta NMTT faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
