Sport do‘stlik elchisi!
2025-03-20 15:55:00 / Yangiliklar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xodimlari o‘rtasida 21-mart “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan stol tennisi va shaxmat sport turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Qizg‘in kechgan musobaqa jarayonlari hakamlar hayʼati tomonidan baholandi.
Musobaqa so‘ngida g‘olib va sovrindorlar vazirlikning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
