Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktor o‘rinbosarlari uchun "Metodik mahorat kunlari" o‘tkazilmoqda
2025-01-08 10:10:00 / Yangiliklar

Yurtimizning Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida "Metodik mahorat kuni" va "Metodik mahorat soatlari"ni tashkil etish bo‘yicha o‘quv tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
Ayni vaqtda barcha hududlarda yetakchi pedagoglar o‘quv seminarida ishtirok etmoqda.
Mazkur tadbirlar maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining kasbiy rivojlanish tizimi uzluksizligini ta’minlash, ulardagi kasb mahorati va malaka saviyasining doimiy o‘sishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish asosida ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan.
