Ichki audit
Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanadatakomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 27.08.2021 yildagi PF-6300-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 14.02.2022 yildagi PQ-128-son
Vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatito‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 01.08.2022 yildagi 416-son
Ichki audit tadbirlarini o‘tkazish qo‘llanmasinitasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrug‘i, 27.12.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3406
_____________________________________________________________________________________________________________________________
Soliq qoʻmitasi Ichki audit boshqarmasining 2026-yil I chorakdagi faoliyati toʻgʻrisida
“Tejamkorlik va barqarorlikni taʼminlash” tamoyili asosida budjet mablagʻlarini tejash va mablagʻlarning maqsadli sarflanishi yuzasidan nazorat ishlari davom ettirilmoqda.
Soliq qoʻmitasining Ichki audit boshqarmasi tomonidan 2026-yil I chorak davomida rejalashtirilgan 6 ta soliq organlarida nazorat tadbirlari oʻtkazildi.
Ichki audit tadbirlarida ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, asosiy vosita va TMZlarni balansga kirim-chiqim yuritish tartiblari, davlat xaridlari va boshqa uslubiy xato va kamchiliklar aniqlandi.
Shuningdek, budjet mablagʻlarini tejash va mablagʻlarning maqsadli sarflanishi yuzasidan masofaviy (profilaktik) audit tadbirlari oʻtkazib borilmoqda.
Soliq qoʻmitasi huzurida Xavflarni boshqarish kengashi tuzilib, faoliyatga oid xavflar reestri va chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi hamda 2026-yilda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.
Ichki audit boshqarmasi
