Vakant lavozimlarga ish qabul qilish tartibi
Soliq xizmati organlariga ishga qabul qilish faqat Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining newvacancy.argos.uz portali orqali ochiq mustaqil tanlov asosida hamda Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Nomzodlar millati, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishidan qatʻiy nazar, oʻzlarining kasbiy, ishbilarmonlik, shaxsiy va axloqiy fazilatlar hamda maʻlumot darajasiga ega, shunindek, davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash huquqi qonunchilik bilan cheklanmagan va tegishli lavozimni egallash uchun malaka talablariga javob beradigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari davlat soliq xizmati organlariga ochiq mustaqil tanlov orqali ishga qabul qilinadi.
Soliq xizmati organlariga Yosh mutaxassislarni tanlash DASTURI
