Kontrakt uchun to'lov soliqqa tortilmaydi
2025-01-16 10:10:00 / Qo'mita yangiliklari
Ta'lim uchun to‘lov qilinganida soliq imtiyozidan quyidagi hollarda foydalanish mumkin:
- o'zingiz uchun;
- farzandlaringiz uchun;
- 26 yoshgacha bo'lgan turmush o'rtog'ingiz uchun.
1. To'lovni to'g'ridan-to'g'ri ish joyingizdagi ish haqidan o'quv yurtiga o'tkazishingiz mumkin, bunda ushbu daromadga soliq hisoblanmaydi.
2. Mustaqil ravishda elektron, naqd yoki naqdsiz ko‘rinishda to'langanda yil yakuni bo'yicha soliq organlariga deklaratsiya topshirib , avval to'langan soliq summasini qaytarib olish mumkin.
