Soliq mobil ilovasiga bank kartasini qo'shish
2024-10-25 11:10:00 / Qo'mita yangiliklari
Soliq mobil ilovasiga bank kartasini qo'shish uchun:
- karta belgisini tanlang,
- ➕ tugmasini bosing,
- bank kartasi raqami va amal qilish muddatini kiriting,
- karta nomini ko'rsating,
- "Qo'shish" tugmasini bosing.
Jarayon SMS-tasdiqlash bilan yakunlanadi:
- bank kartasiga ulangan telefon raqamiga avtomatik ravishda 6-xonali maxfiy kod yuboriladi.
Xavfsizlikni ta'minlash uchun ushbu kodni uchinchi shaxslarga aytish mumkin emas.
Eslatib oʻtamiz! Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqami va bank kartasiga ulangan telefon raqami bilan (SMS-xabar berish xizmati) mos kelishi kerak.
