Markazlashtirilgan manbalar hisobiga bajarilgan qurilish-montaj ishlari uchun hisobvaraq-faktura to‘ldirishning yangi tartiblari belgilandi
2024-06-19 15:50:00 / Press-relizlar

2024-yil 1-oktabrdan budjet mablag‘lari hisobidan bajarilgan qurilish-montaj ishlari topshirilganda hisobvaraq-faktura quyidagi tartibda to‘ldiriladi:
▫️1-ustun – tartib raqami;
▫️2-ustun – normativ shifr raqami (ShNQga ko‘ra);
▫️3-ustun – ish turi nomi;
▫️4-ustun – MXIK kodi;
▫️5-ustun – o‘lchov birligi;
▫️6-ustun – jami ish hajmlari va xarajatlarning haqiqiy ko‘rsatkichlari;
▫️7-ustun – joriy yildagi ishlab chiqarish grafigi bo‘yicha ish hajmlari va xarajatlarniig haqiqiy ko‘rsatkichlari;
▫️8-ustun – jami shartnomaviy narx qiymati;
▫️9-ustun – joriy yilda shartnomaviy narx qiymati;
▫️10-ustun – ishning boshlangan davridan buyon bajarilgan ishlarning fizik ko‘rsatkichlari;
▫️11-ustun – ishning boshlangan davridan buyon bajarilgan ishlarning umumiy ishga nisbatan foiz hisobidagi ulushi;
▫️12-ustun – ishning boshlangan davridan buyon bajarilgan ishlarning shartnomaviy narxi;
▫️13-ustun – joriy yilning hisobot davri boshidan buyon bajarilgan
ishlarning fizik ko‘rsatkichlari;
▫️14-ustun – joriy yilning hisobot davri boshidan buyon bajarilgan
ishlarning umumiy ishga nisbatan foiz hisobidagi ulushi;
▫️15-ustun – joriy yilning hisobot davri boshidan buyon bajarilgan
ishlarning shartnomaviy narxi;
▫️16-ustun – joriy oyda bajarilgan ishlarning fizik ko‘rsatkichlari;
▫️17-ustun – joriy oyda bajarilgan ishlarning umumiy ishga nisbatan
foiz hisobidagi ulushi;
▫️18-ustun – joriy oyda bajarilgan ishlarning shartnomaviy narxi;
▫️yakunlovchi uchta satrda – 6-9, 12, 15 va 18-ustunlar bo‘yicha summalar, QQS miqdori hamda QQSni qo‘shgan holdagi jami qiymatlar alohida ko‘rsatiladi.
