O‘zbekistonda xalqaro CanSat 2026 tanlovi boshlandi
2026-10-16 19:05:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston 5-Xalqaro CanSat o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari va tanloviga mezbonlik qilmoqda. "O‘zbekkosmos" agentligi, ICESCO, Uzum, Sehriyo va SkillBox hamkorligida tashkil etilgan ushbu xalqaro tadbirda ishtirok etish uchun 30 ta davlatdan yoshlar mamlakatimizga tashrif buyurdi.
CanSat — yoshlar uchun nazariy bilimlarini haqiqiy muhandislik tajribasiga aylantirish, xalqaro tajriba almashish va kosmik texnologiyalarni amalda o‘rganish imkoniyatidir.
