O'zbekistonda xalqaro CanSat-2026 musobaqasiga start berilmoqda
2026-10-15 14:40:00 / Yangiliklar

"O'zbekkosmos" va ICESCO tashkiloti hamkorligida dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan yosh muhandislar bir maydonda jamlanadi.
150 nafar ishtirokchilar kichik sun’iy yo‘ldosh prototiplarini loyihalash, dasturlash, yig‘ish, uchirish va sinovdan o‘tkazish bo‘yicha o'zaro bellashishadi.
16-oktabr kuni soat 9:00da Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida musobaqaga start beriladi.
21-oktabr sanasida esa yosh muhandislari o'zlari yasagan cansat'larini ochiq osmonga uchirishadi.
Cansat-2026'ning eng qiziq lahzalarini biz bilan kuzatib boring.
