IAC-2028: Samarqand xalqaro kongressga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda?
2026-10-13 19:05:00 / Yangiliklar

Antaliyada bo‘lib o‘tgan 77-Xalqaro astronavtika kongressida (IAC-2026) "O'zbekkosmos" agentligi direktor o‘rinbosari Muhiddin Ibragimov IAC-2028 kongressini Samarqandda o‘tkazishga tayyorgarlik jarayonlari yuzasidan taqdimot o‘tkazdi.
Unda kongressni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, davlat miqyosidagi tashkiliy chora-tadbirlar, xalqaro hamkorlik va IAC-2028ni jahon kosmik hamjamiyatiga targ‘ib qilish rejalari taqdim etildi.
Taqdimotda IAC-2028ning yangi vizual identifikatsiyasi, Mirzo Ulug‘bek ilmiy merosiga asoslangan ramziy konsepsiyasi va Samarqandni xalqaro kosmik muloqot markaziga aylantirishga qaratilgan tashabbuslar ham alohida o‘rin egalladi.




