"O'zbekkosmos" vakillari kosmik texnologiyalar, ilm-fan va ta’lim sohalarida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazdi
2026-10-09 21:35:00 / Yangiliklar

IAC-2026 doirasida "O'zbekkosmos" delegatsiyasi xalqaro kosmik agentliklar, tashkilotlar va kompaniyalar bilan qator muhim uchrashuvlar o‘tkazdi.
- SpaceX kompaniyasi vakillari bilan kosmik texnologiyalar sohasidagi hamkorlik borasida fikr almashildi.
- Voyager Technologies bilan PAM-7 loyihasida O‘zbekistonning ehtimoliy ishtiroki va kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
- Yevropa kosmik agentligi (ESA) bilan sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek, mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
- BAA kosmik agentligi bilan hamkorlik memorandumini kelishish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish va mutaxassislar malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.
- Janubiy Afrika kosmik agentligi (SANSA) bilan kosmik monitoring xizmatlarini taqdim etish va kosmik ta’lim sohasida O‘zbekiston tajribasini almashish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
- Maldiv orollari kosmik tadqiqotlar tashkiloti (MSRO) bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va xalqaro kosmik tadbirlarda ishtirok etish masalalari muhokama qilindi.
- OpenCosmos bilan mavjud hamkorlik holati va 50 sm fazoviy aniqlikdagi sun’iy yo‘ldoshni xarid qilish loyihasi yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.
- APSCO bilan O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish istiqbollari hamda ta’lim va ilmiy-tadqiqot dasturlarida ishtirokini kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
- Janubiy Koreyaning Satrec Initiative kompaniyasi vakillari bilan uchrashuvda sun’iy yo‘ldosh tizimlari va Yerni masofadan zondlash sohalaridagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuvlarda, shuningdek, 2028-yilda Samarqandda o‘tkaziladigan Xalqaro astronavtika kongressi (IAC-2028) doirasidagi hamkorlik va ishtirok masalalariga alohida e’tibor qaratildi.





