"O‘zbekkosmos" va NDTU o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
2026-10-07 17:20:00 / Yangiliklar

Butunjahon kosmos haftaligi doirasida "O‘zbekkosmos" agentligi va Nukus davlat texnika universiteti o‘rtasida kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida hamkorlik qilish bo'yicha Memorandum imzolandi.
Hamkorlik doirasida qo‘shma loyihalar, ilmiy tadqiqotlar, zamonaviy kosmik texnologiyalar hamda talabalar uchun amaliy imkoniyatlarni rivojlantirish ko‘zda tutilgan.



