Tarixiy xotiraga ehtirom
2026-10-06 15:10:00 / Yangiliklar

"O‘zbekkosmos" agentligi xodimlarining Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga tashrifi tashkil etildi.
Tashrif davomida xodimlar muzeyda saqlanayotgan tarixiy hujjatlar, noyob eksponatlar va arxiv materiallari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, qatag‘on yillarida nohaq ta’qib va tazyiqlarga uchragan yurtdoshlarimizning hayoti, faoliyati, ilmiy va ma’naviy merosi haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Muzeydagi tarixiy manbalar va eksponatlar xalqimiz boshidan kechirgan murakkab davrlarni yana bir bor anglash, ajdodlar xotirasini yod etish hamda ularning boy ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur tashrif agentlik xodimlarida tarixiy xotira va milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini yanada mustahkamlash, o‘tmish saboqlaridan xulosa chiqarish hamda ajdodlar xotirasini e’zozlashga xizmat qildi.



