Kichik qalblarga kosmik taassurotlar ulashildi
2026-09-24 16:15:00 / Yangiliklar

"O‘zbekkosmos" agentligi va “Sen Kuchlisan” xayriya jamg‘armasi hamkorligida onkologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bolalar uchun tadbir tashkil etildi.
Unda animatsion shou, samimiy suhbatlar va bolalar chizgan 20 dan ziyod suratlar auksioni bo‘ldi o‘tdi.
Eng quvonarlisi ularning barchasi tashrif buyurganlar tomonidan to‘liq sotib olindi.
Aslida mehr ulashish uchun katta imkoniyatlar shart emas. Bugun bu bolalar bizga eng muhim narsani eslatishdi:
quvonch ulashilgan sari ko‘payadi.
Biz bilan birga ushbu quvonchning bir qismiga aylangan barcha insonlarga mannatdorlik bildiramiz!
