Orolbo‘yini o‘rganishda kosmik texnologiyalar qanday yordam beradi?
2026-09-23 18:10:00 / Yangiliklar

"O'zbekkosmos" Aral Summit doirasida o‘tkazilgan “Aral School" — Iqlim va landshaft” dasturida ishtirok etdi.
Tadbir davomida agentlik vakillari Orolbo‘yidagi ekologik va landshaft o‘zgarishlarini kuzatishda sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari, yerni masofadan zondlash va GIS texnologiyalarining imkoniyati muhim ekanligini qayd etishdi.
Tadbirda taniqli bloger Orif Astronom ham ishtirok etib, astronomik hodisalarni kuzatish, tungi osmonni o‘rganish va osmon jismlarini aniqlash usullarini sodda va qiziqarli tarzda tushuntirib berdi.





