Bugun LAND OF STARTUPS shiori ostida ICT WEEK Uzbekistan 2026 o‘z ishini boshladi
2026-09-22 18:05:00 / Yangiliklar

Har yili o‘tkaziladigan ICT WEEK Uzbekistan IT sohasi vakillari, startaplar, davlat va xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda ekspertlarni bir maydonda birlashtirib, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
"O'zbekkosmos" agentligi ham voqealar markazida. Stendimizda sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari, kosmik monitoring va kosmosni Yerdagi real vazifalar yechimiga aylantirayotgan loyihalar aks ettirilmoqda.
ICT WEEK Uzbekistan 25-sentabrga qadar davom etadi. "O'zbekkosmos" stendiga tashrif buyurib, faoliyatimiz bilan yaqindan tanishing.
