Yaponiyada ta’lim olish uchun grantlar
2026-09-14 16:05:00 / Yangiliklar

Yamaguchi universiteti professori Masahiko Nagai Turin Politexnika universiteti talabalari bilan uchrashdi.
Ochiq muloqot davomida muhandislik va kosmik texnologiyalarning bugungi rivoji, ularning amaliy qo‘llanilishi hamda kosmik sohadagi zamonaviy tadqiqotlar haqida suhbatlashildi.
Uchrashuvning yana bir muhim qismi — Yaponiyada ta’lim olish imkoniyatlari bo‘ldi. Talabalarga "O'zbekkosmos" va JICA hamkorligidagi magistratura hamda doktorantura dasturlari, grant imkoniyatlari va ularda ishtirok etish shartlari haqida ma’lumot berildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning xalqaro tajriba bilan tanishishi, kosmik texnologiyalar va muhandislik yo‘nalishlariga qiziqishini oshirish hamda xorijda ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.





