"O'zbekkosmos" va JICA Yaponiyada o'qish uchun grant taqdim etmoqda
2026-09-10 17:50:00 / Yangiliklar

Kuni kecha Toshkentda "O'zbekkosmos" yoshlari hamda Yamaguchi universiteti professori, Sun’iy yo‘ldosh masofadan zondlash tadqiqotlari va qo‘llash markazi direktori Masahiko Nagai bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida professor JICA Development Studies Program granti haqida ma’lumot berdi.
Dastur orqali 2027-yildan boshlab Yaponiyada 2 yillik magistratura yoki 3 yillik doktorantura yo'nalishlarida tahsil olish imkoniyati paydo bo'ladi.
