"O‘zbekkosmos" "Space Days Kazakhstan 2026" forumida
2026-09-08 15:10:00 / Yangiliklar

Ostona shahrida "Space Days Kazakhstan 2026" xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda. 7–9-sentabr kunlari o‘tkazilayotgan tadbir kosmik soha vakillari, xalqaro tashkilotlar, biznes, ilm-fan hamda texnologik hamjamiyatni bir maydonga jamladi.
Forumda "O‘zbekkosmos" vakillari ishtirok etib, agentlik muassisligidagi "Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi" ham o‘z stendi orqali kosmik texnologiyalarga asoslangan xizmatlarini taqdim etmoqda.
O‘zbekiston va Qozog‘iston kosmik sohada qo‘shma loyihalar, tajriba almashinuvi, kosmik ta’lim va texnologiyalarni rivojlantirish yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirmoqda.
"Space Days Kazakhstan 2026" esa ushbu aloqalarni yanada mustahkamlash va yangi loyihalar uchun imkoniyat yaratmoqda.




