“O‘zbekkosmos” agentligi xodimlari esdalik nishonlari bilan taqdirlandi
2026-08-28 11:05:00 / Yangiliklar

Mamlakatimizda kosmik faoliyatni rivojlantirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan samarali foydalanish va O‘zbekistonning kosmik salohiyatini yuksaltirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu jarayonda o‘zining bilim va tajribasi, tashabbuskorligi hamda fidokorona mehnati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan “O‘zbekkosmos” agentligi tizimidagi bir guruh xodimlar “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari bilan taqdirlandi.
Mazkur e’tirof xodimlarning mehnatiga berilgan yuksak baho, ularni yangi marralar sari ilhomlantiruvchi muhim rag‘batdir.
Taqdirlangan barcha xodimlarni ushbu munosib e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz.






