Bugun O‘zbekiston kosmik texnologiyalarni rivojlantirish yo‘lida yana bir muhim qadam tashladi
2026-08-05 18:20:00 / Yangiliklar

"O'zbekkosmos" delegatsiyasi Xitoyning Hayyan shahrida bo‘lib, u yerda O‘zbekiston Respublikasi tarixidagi eng yirik xalqaro kosmik missiyalardan birining uchirilishiga guvoh bo‘ldi.
Ilk bor "O'zbekkosmos" mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan sun’iy intellekt moduli xalqaro sun’iy yo‘ldosh platformasiga integratsiya qilindi. Bu O‘zbekiston zamonaviy kosmik texnologiyalarni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shayotganini tasdiqlovchi muhim qadamdir.
Endilikda «Samarkand-2028» sun’iy yo‘ldoshi orbitadan turib qishloq xo‘jaligi, ekologik monitoring, suv resurslarini boshqarish, tabiiy resurslarni kuzatish hamda boshqa ko‘plab strategik yo‘nalishlar uchun muhim ma’lumotlarni taqdim etadi.







