Agentlik xodimlari o‘rtasida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi
2026-07-30 14:10:00 / Yangiliklar

"O‘zbekkosmos" agentligida xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish hamda jamoaviy birdamlikni mustahkamlash maqsadida "Sport kuni" munosabati bilan stol tennisi musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqada agentlikning tarkibiy bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan xodimlar faol ishtirok etib, o‘zlarining sport mahorati, chaqqonligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar. Bahslar qizg‘in va murosasiz ruhda kechdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ular munosib taqdirlandi.
Mazkur sport tadbiri xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.





