So‘nggi yillarda O‘zbekistonning tungi yorug'lik darajasi qanday o‘zgardi?
2026-07-13 15:30:00 / Yangiliklar

Kunduzi barcha o‘zgarishlarni payqash oson emas. Ammo O‘zbekistonga koinotdan tungi vaqtda nazar tashlansa, ular yaqqol namoyon bo‘ladi.
Tungi yorug'lik — yangi korxonalar, rivojlanayotgan shaharlar, turistik infratuzilma va iqtisodiy faollik o‘sishining belgisidir.
"O'zbekkosmos" tomonidan tahlil qilingan sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari so‘nggi yillarda O‘zbekistonning tungi yoritilishi sezilarli darajada oshganini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, Toshkent shahri, Samarqand va Buxoro viloyatlari hamda Farg‘ona vodiysida bu o‘zgarishlar yanada yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Bugun koinot — bu faqat ilmiy tadqiqotlar emas. Bu O‘zbekiston qanday rivojlanayotganini, hatto tun cho‘kkan paytda ham ko‘rish imkonini beruvchi zamonaviy texnologiyalardir.
