Chaqmoqlar koinotdan qanday ko‘rinadi?
2026-07-09 10:30:00 / Yangiliklar

Zamonaviy sun’iy yo‘ldoshlar butun sayyora bo‘ylab momaqaldiroq faolligini real vaqt rejimida kuzata oladi. Orbita balandligidan chaqmoqlar bulut tizimlarini yorituvchi ko‘plab yorqin chaqnashlar sifatida ko‘rinadi va olimlarga momaqaldiroqlarning rivojlanishini kuzatish, atmosfera jarayonlarini o‘rganish hamda ob-havo prognozlarining aniqligini oshirishga yordam beradi.
Ehtimol, yaqinda Toshkent osmonida kuzatilgan momaqaldiroq va yorqin chaqmoqlar ham koinotdan aynan shunday ko‘ringandir.
