"O'zbekkosmos" kosmik sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda
2026-07-09 17:05:00 / Yangiliklar

"O'zbekkosmos" agentligida Star.Vision, Oman Lens, Mars Development and Investments hamda UzOman kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar davomida tomonlar kosmik sanoat sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish hamda boshqa strategik yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi, suv resurslarini boshqarish, atrof-muhit monitoringi, shaharsozlik va boshqa muhim tarmoqlarda amaliy vazifalarni hal etishda kosmik texnologiyalar hamda sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur uchrashuv xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish, innovatsion kosmik tashabbuslarni ilgari surish hamda barqaror rivojlanish va texnologik taraqqiyotga xizmat qiluvchi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.





