Kreativ iqtisodiyotga qanday soliq imtiyozlari berilgan?
2026-07-07 14:45:00 / Yangiliklar

Oʻzbekistonda kreativ iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlashning yangi bosqichi Prezident Farmoni bilan aynan kreativ park rezidentlari uchun bir qator muhim soliq imtiyozlari belgilandi.
PF–61-son, 26.03.2025-yil
Ushbu imtiyozlar 2025-yil 1-maydan 2031-yil 1-yanvargacha amal qiladi hamda kreativ sohada faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy yukini kamaytirish, yangi ish oʻrinlari yaratish va sohaning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan:
Kreativ park rezidentlari:
– ijtimoiy soliq;
– jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soliq (JSHODS) amaldagi stavkaning 50 foizi miqdorida toʻlaydi.
Bu imtiyoz kreativ industriyada faoliyat yurituvchi korxonalarning mehnatga oid xarajatlarini kamaytirishga xizmat qiladi.
Aylanmadan olinadigan soliqni qoʻllash huquqi
Kreativ park rezidentlari tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olinadigan daromad hajmidan qatʼi nazar aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchisi sifatida faoliyat yuritishi mumkin.
Shu bilan birga, rezidentlar oʻz xohishiga koʻra umumbelgilangan soliq solish tartibiga oʻtish huquqiga ham ega.
Kreativ park rezidentlari kimlar hisoblanadi?
Kreativ iqtisodiyot rezidentlari (yuridik va jismoniy shaxslar) quyidagi yoʻnalishlarda faoliyat yuritishi mumkin:
– adabiy ijod;
– amaliy sanʼat va hunarmandchilik;
– arxitektura, loyihalashtirish va urbanistika;
– audiovizual sanʼati;
– ijrochilik sanʼati va kreativ ijod bilan bogʻliq boshqa yoʻnalishlar.
Eslatma: Ushbu soliq imtiyozlaridan faoliyatidan olayotgan daromadining 80 foizi kreativ iqtisodiyot yoʻnalishiga tegishli boʻlgan, faqat kreativ park rezidenti maqomini olgan yuridik va jismoniy shaxslar belgilangan tartibda foydalanishi mumkin. Kreativ park faoliyatini tashkil etish tartibi ham tasdiqlangan.
