Kosmik monitoring hududlar rivojiga xizmat qilmoqda
2026-07-03 11:15:00 / Yangiliklar

Sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari yerda turib baholab bo‘lmaydigan jarayonlarni — qishloq xo‘jaligi yerlari, suv resurslari va hududlardagi o‘zgarishlarni tezkor, xolis hamda yagona raqamli platformada kuzatish imkonini beradi.
“O‘zbekkosmos” Farg‘ona viloyati hokimligi bilan hamkorlikda bog‘lar, qishloq xo‘jaligi yerlari va suv omborlarini kosmik monitoring asosida tahlil qilib, ma’lumotlarni Space Water Monitoring platformasiga integratsiya qilmoqda.
Zamonaviy boshqaruv aniq ma’lumotlardan boshlanadi.
