22–25-iyun kunlari Sirdaryo viloyatida davlat organlari xodimlari uchun geoinformatsion texnologiyalar bo‘yicha "O'zbekkosmos" agentligi tomonidan malaka oshirish kurslari bo‘lib o‘tdi.
2026-06-28 18:30:00 / Yangiliklar

4 kun davomida ekologiya, kadastr, qishloq va suv xo‘jaligi sohasi vakillari aerokosmik ma’lumotlar va SGM platformasi bilan ishlashni o‘rgandilar.
Endi ular kosmik monitoring yordamida:
Noqonuniy yer egallanishini aniqlaydilar;
Ekinlar holati va suv resurslarini kuzatadilar;
Ekologik vaziyatni nazorat qiladilar.
Kurs yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.
