Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
2026-06-26 18:15:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 25-iyun kuni "O'zbekkosmos" agentligi va Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi rahbariyatlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida ta’lim tizimidagi kosmik tadqiqotlar, raqamli texnologiyalar, masofadan zondlash, geografik axborot tizimlari, raqamli xaritalash hamda STEM yo‘nalishlarini rivojlantirishga doir qator masalalar muhokama qilindi hamda tomonlar o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.




