22–23-iyun kunlari "O'zbekkosmos" Italiyaning Rim shahrida bo‘lib o‘tgan 2026-ASTROSUMMITda (Astronomiya, astrofizika va kosmik fanlar bo‘yicha Jahon sammitida) ishtirok etdi.
2026-06-23 15:25:00 / Yangiliklar

Sammit dunyoning turli mamlakatlaridan yetakchi olimlar, tadqiqotchilar, kosmik agentliklar, universitetlar, ilmiy-tadqiqot institutlari, aerokosmik kompaniyalar hamda texnologik startaplar vakillarini bilim almashish, tadqiqot natijalarini taqdim etish va professional hamkorlikni mustahkamlash maqsadida birlashtirdi.
Tadbir dasturi astronomiya, astrofizika, kosmologiya, planetologiya, kosmik missiyalar, sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari, Quyosh tizimini tadqiq etish, kosmik kuzatuvlar, kosmik tadqiqotlarda sun’iy intellektdan foydalanish hamda kosmik texnologiyalar sohasidagi innovatsiyalarni o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli mavzularni qamrab oldi.


