Davlat xizmati kuni arafasida yoshlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etildi
2026-06-23 12:05:00 / Yangiliklar

23-iyun – Davlat xizmati kuni munosabati bilan “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan yoshlar o‘rtasida davlat xizmati nufuzini oshirish, ularning kasbiy qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda kelajakda malakali davlat xizmatchilarini tayyorlash maqsadida “Men kelajakda davlat xizmatchisi bo‘laman” mavzusida qator uchrashuvlar tashkil etildi.
Uchrashuvlar davomida agentlik mutaxassislari tomonidan davlat xizmatida faoliyat yuritishning ahamiyati, davlat xizmatchilari oldida turgan mas’uliyatli vazifalar, zamonaviy boshqaruv tizimida yosh kadrlarning o‘rni hamda kosmik texnologiyalar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, davlat boshqaruvi tizimida faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar haqida fikr almashdilar.
Bunday tadbirlar yosh avlodning Vatan taraqqiyotiga daxldorlik hissini mustahkamlash, ularni faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lishga undash hamda kelajakda mamlakatimiz ravnaqiga xizmat qiladigan yetuk mutaxassislar etib tarbiyalashga xizmat qiladi.






