“Volontyorlik madaniyatini shakllantirish kuni” tashkil etildi
2026-06-18 16:15:00 / Yangiliklar

“Yoshlar oyligi” doirasida “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan “Volontyorlik madaniyatini shakllantirish kuni” tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbir mamlakatimizda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlash hamda jamiyat taraqqiyotida ularning faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida amalga oshirildi.
Bugungi kunda volontyorlik harakati nafaqat beg‘araz yordam ko‘rsatish vositasi, balki yoshlarni vatanparvarlik, jamoada ishlash, liderlik va tashabbuskorlik ruhida tarbiyalashning samarali mexanizmi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, tadbir davomida volontyorlik faoliyatining jamiyatdagi o‘rni, uning yoshlarning shaxsiy va kasbiy rivojlanishiga qo‘shadigan hissasi hamda ijtimoiy loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlari haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Tadbirda volontyorlik madaniyatini rivojlantirish orqali yoshlarning davlat va jamiyat hayotidagi ishtirokini kengaytirish, ularni ijtimoiy tashabbuslarni ilgari surishga rag‘batlantirish hamda kelajakda mas’uliyatli va faol fuqarolar sifatida shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
“Volontyorlik madaniyatini shakllantirish kuni” yoshlarning ijtimoiy birdamlik, hamjihatlik va insonparvarlik qadriyatlariga sodiqligini mustahkamlash, shuningdek, mamlakatimiz taraqqiyotiga daxldorlik hissini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.






