O‘zbekiston bolalar tashkiloti hamda "O'zbekkosmos" agentligi hamkorligida Yoshlar oyligi doirasida Qashqadaryo viloyatida respublika miqyosidagi Cosmic Camp loyihasi tashkil etildi
2026-06-16 15:40:00 / Yangiliklar

Mazkur loyiha yosh avlod o‘rtasida muhandislik, astronomiya, kosmik texnologiyalar hamda zamonaviy innovatsion yo‘nalishlarga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning ilmiy-texnik salohiyatini rivojlantirish va kelajak kasblariga yo‘naltirish maqsadida o‘tkazildi.
Loyiha doirasida ishtirokchilar uchun maxsus tematik pavilionlar tashkil etilib, ularda kosmik texnologiyalar, robototexnika, STEM ta’limi, astronomiya va muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha interaktiv ko‘rgazmalar, mahorat darslari hamda amaliy mashg‘ulotlar namoyish etildi.
Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olish, innovatsion ishlanmalar bilan yaqindan tanishish va yangi bilim hamda ko‘nikmalarni egallash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Cosmic Camp nafaqat qiziqarli ta’limiy maydon, balki yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni ilm-fan va texnologiyalar sohasida yangi g‘oyalar yaratishga ruhlantiruvchi muhim platformaga aylandi.
