School 21 va Uzcosmos hamkorligida “Mission: Moon” ta’lim platformasi doirasida interaktiv vorkshop bo‘lib o‘tdi
2026-05-23 11:25:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida bolalar va ota-onalar ilm-fan hamda kosmos olamiga sho‘ng‘ishdi. “Fijital” formatdagi ushbu loyiha onlayn topshiriqlar va School 21 kampusidagi amaliy mashg‘ulotlarni o‘zida birlashtirdi.
Ishtirokchilar platformadagi qiziqarli missiyalar va testlarda qatnashib, oflayn vazifalar orqali bilimlarini amalda qo‘llab ko‘rishdi. Shuningdek, ular kosmik texnologiyalar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini haqiqiy kosmik missiya ishtirokchisidek his qilishdi.
