O‘zbekiston kosmik texnologiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda
2026-05-20 16:15:00 / Yangiliklar

“O‘zbekkosmos” agentligi va Janubiy Koreyaning yetakchi universitetlaridan biri – KAIST o‘rtasida kosmik ta’lim va texnologiyalar sohasida hamkorlik qilsih bo'yicha memorandum imzolandi.
Buning natijasida tomonlar qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish, sun’iy intellekt va dasturlash sohasida ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda o‘zbek talabalari, muhandislari va tadqiqotchilari uchun yangi imkoniyatlarni yaratish bo'yicha birgalikda ish olib borishadi.
Bugun yosh mutaxassislar ilg‘or bilim va zamonaviy texnologiyalarga yo‘l ochmoqda, ertaga esa aynan ular yangi O‘zbekistonning kosmik taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion yechimlarni yaratadi.



