Uzcosmos agentligi xodimi Bukhara Night Race 2026 tungi yugurish poygasida yuqori natija qayd etib, yetakchilar safidan joy oldi
2026-04-23 10:05:00 / Yangiliklar

Mazkur marafon yuqori darajadagi jismoniy tayyorgarlik, kuchli iroda, chidamlilik hamda aniq ishlab chiqilgan strategiyani talab etadi. Aynan shunday sharoitda agentlik xodimi o‘zini eng yaxshi tomondan namoyon etib, puxta tayyorgarligi va boy tajribasini ko‘rsatdi.
Poyga davomida u marafon peysmeikerlari jamoasi tarkibida harakatlandi — ya’ni ishtirokchilarga belgilangan tempni barqaror ushlab turish va kutilgan natija bilan marraga yetib borishda yordam beruvchi yuguruvchilar safida bo‘ldi.
Ushbu yutuq nafaqat uning shaxsiy muvaffaqiyati, balki butun Uzcosmos agentligi jamoasi uchun faxrdir. Eng muhimi, bunday natijalar yoshlar uchun kuchli motivatsiya va ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.


