Uzcosmos vakili Respublika bolalar kutubxonasida 40 nafar yosh ishtirokchi uchun ochiq ma'ruza o‘tkazdi
2026-04-21 11:00:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda kosmosni o‘zlashtirishning asosiy bosqichlari: birinchi sun'iy yo'ldosh uchirishdan tortib zamonaviy orbital guruhlargacha bo‘lgan barcha jarayonlarga to‘xtalib o‘tildi. Agentlikning faoliyatiga alohida e'tibor qaratilgan holda sun'iy yo‘ldosh tasvirlari qanday qayta ishlanishi va mamlakatimiz hududida undan foydalanilishi bilan bog‘liq jihatlar haqida tushunchalar berildi.
Yosh ishtirokchilar mavzuga katta qiziqish bildirdi va o‘z faolliklari bilan ajlarlib turdi.

