Buyuk davlat arbobi, sohibqiron Amir Temur tavalludiga 690 yil to‘ldi
2026-04-09 14:25:00 / Yangiliklar

Amir Temur nafaqat qudratli saltanat barpo etgan buyuk shaxs, balki ilm-fan, ayniqsa, astronomiya va falakiyot rivojiga katta e’tibor qaratgan tarixiy siymodir. Uning davrida ilm ahli qo‘llab-quvvatlangan, yulduzlar va fazoni o‘rganish uchun mustahkam zamin yaratilgan. Bu esa keyinchalik Mirzo Ulug‘bek kabi buyuk allomalar yetishib chiqishiga xizmat qildi.
Bugungi kunda ham "O‘zbekkosmos" agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan kosmik tadqiqotlar va innovatsion loyihalar ana shu buyuk ilmiy merosning davomidir.
Yurtimiz ravnaqi va ilm-fan taraqqiyoti yo‘lida Amir Temur merosi biz uchun doimo ilhom manbai bo‘lib qoladi.
